30 Iyun 2021 yil 424

Chust tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 iyun' kuni soat 21:00 larda Chust shahrida joylashgan oshxonada ishchi bo‘lib ishlovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.N. tanishlari 1992 yilda tug‘ilgan S.S. hamda 1999 yilda tug‘ilgan T.T.lar bir guruh bo‘lib, shu tumanda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan, A.Sh.ni yashash xonadonidan chaqirib chiqib, “Nega T.T.ga unashtirilgan qiz bilan gaplashasan” deya urib tan-jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 27 iyun' kuni alamzada A.Sh. qasd olish maqsadida uni urganlarga bosh bo‘lib borgan J.N.ning ish joyiga borib, o‘zaro tortishadi va o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan uning ko‘krak qafasi chap tomoniga bir marotaba urib, voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi.

Natijada J.N tan jarohat oladi va zudlik bilan Chust tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinadi. Tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki ma'lumotnomasida, J.N.ning ko‘krak qafasi chap yarmida 7-8 – qovurg‘alar oralig‘ida  8x3 sm chetlari tekis, burchaklari o‘tkir kesilgan jarohati mavjudligi, ko‘krak qafasi ichiga teshib o‘tgani ko‘rsatilgan. Daliliy ashyo bo‘yicha bir dona xo‘jalik pichog‘i olingan. Gumonlanuvchi A.Sh. tegishli tartibda ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha, Namangan viloyat IIB boshlig‘i A.I.Ataxodjaev boshchiligida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur jinoyatning sodir bo‘lishiga olib kelgan ob'ektiv va sub'ektiv omillar chuqur o‘rganildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech