18 Avgust 2021 yil 654

Chust tumanida piyoda o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir etildi

2021 yil 16 avgust kuni soat 23:30 larda, Shoyon-Baymoq yo‘lining 15 km.da, Chust tumani Baymoq MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida ketayotgan piyoda, Chust tumanida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech