14 Aprel 2022 yil 471

Chust tumanida o‘g‘irlangan avtomashina To‘raqo‘rg‘ondan topildi.

2022 yil 13 aprel kuni Chust tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 aprel kuni soat 21:30 lardaDamas rusumli avtomashinasini tanishining yashash uyi oldiga eshiklarini qulflab, uyga kirib ketgan vaqtida, nomaʼlum shaxs avtomashinani orqa eshigini ochib, avtomashinani olib ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etib, avtomashinani boshqarib borib, To‘raqo‘rg‘on tumani Qodirobod MFY hududidagi ichki yo‘lda to‘xtab turgan vaqtida, shu hududda tungi xizmatda bo‘lgan, To‘raqo‘rg‘on IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan ushlangan.

Avtomashina Chust tumani IIB YHXB jarima maydoniga tortilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech