Chust tumanida mahallalarni o‘rganish ishlari olib borildi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan viloyat hududidagi “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “sariq” hamda “yashil” toifadagi mahallalarda esa xavfsiz muhitni barqaror saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganilmoqda. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Bugun boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Chust tumanida bo‘lib, “Munchoqtepa”, “Toshqo‘rg‘on”, “Tepaqo‘rg‘on”, “Pansada”, “Guliston”, “Birlik” va “Chustnon-do‘stlarobod” mahallalari yettiligi hamda tuman ichki ishlar bo‘limining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, bunga yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar qatʼiy ogohlantirildi.
O‘rganishlar davomida yil boshida “qizil” toifaga kirgan va manzilli chora-tadbirlar natijasida hozirda “sariq” hamda “yashil” toifaga o‘tgan mahallalardagi ijobiy tajribalarni umumlashtirish va ushbu tajribalarni boshqa “qizil” toifadagi mahallalarda qo‘llash bo‘yicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati