Chust tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Qadrli otaxon va onaxonlar! Aziz yoshlar! Hurmatli tumandoshlar!
Xabaringiz bor bugungi kunda yurtimizda keng koʻlamdagi isloxatlar, oʻzgarishlar va yangilanishlar olib borilmoqda. Buni davlat va jamiyat qurilishi, sud va huquq tizimini takomillashtrish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, oʻzaro manfaatli tashqi siyosat va boshqa barcha sohalarda koʻrishimiz mumkin.
Bu oʻzgarishglar eng avvalo xalqimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini oʻylab, milliy manfaatlarimiz yoʻlida amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda ayniqsa ahaoli tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz mahalla” kabi tamoyillarga qatʼiy amal qilgan holda, qonun ustuqor boʻlgan muhitni yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Shu jumladan, mamalakatimizda huquq-tartibotni taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki butun bir jamoatchilikning, tabri joiz boʻlsa har bir fuqaromizning burchi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Shuni taʼkidlash joizki, barcha idora va tashkilotlar hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, amalga oshirilgan ishlar va koʻrilgan choralar natijasida tumanda oʻtgan joriy yilning 1-choragida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar salmogʻi 10 foizga oshishiga yoʻl qoʻyilgan.
Biroq, yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol-mulkini egallashga urinishmoqda.
Ayniqsa, jahon internet tarmogʻidan foydalangan holda fuqarolarga har xir turdagi taʼsir oʻtkazish orqali hisob raqamlaridagi pul mablagʻlarini egallash holatlari koʻplab uchramoqda.
Oʻtgan davrda, tumanimizda 91 ta kiberjinoyatlar, 4 ta firibgarlik holatlari sodir etilib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgani buning yaqqol isboti.
Shuningdek, oʻtgan davrda nazoratsizlik hamda taʼlim — tarbiya ishlari toʻgʻri tashkil etilmagani oqibatida 4 nafar voyaga yetmagan shaxs, 9 nafar yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilganligi tashvishli.
Achinarlisi, oilalardagi muhitni yaxshilash, ayniqsa, xotin-qizlarning muammolarini oʻrganib, hal etishga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda 4 nafar xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etildi.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida oʻzlariga tegishli mol –mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida oʻgʻrilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat.
Oqibatda, oʻtgan davrda 29 ta oʻgʻrilik, shaxslarning jamiyatda yurish qoidalarini buzib, boshqalarning sogʻligiga ziyon yetkazganligi boʻyicha 2 ta yengil tan-jarohati yetkazish jinoyatlari qayd etildi.
Shuningdek, yoʻllarda avtomobillar soni kundan-kunga ortib, haydovchilarning masʼuliyatini oshirmoqda.
Biroq, ayrim haydovchilar yoʻl belgilari, yoʻl qoidalariga rioya etmasdan oʻzboshimchalik bilan tezlikni oshirgani yoki haydovchilik guvohnomasi yoʻq fuqarolarga avtomashinani boshqarishga noqonuniy ruxsat bergani natijasida jami 13, shu jumladan oʻlim bilan bogʻliq 2 ta yoʻl — transport hodisasi
sodir etilganligi ayanchli, albatta !
Hurmatli tumanimiz ahli !
Shu sababli, kelgusida hal etilishi lozim boʻlgan koʻplab masalalar borligini barchamiz yaxshi tushunamiz.
Bundan kelib chiqqan holda masʼul idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda quyidagi yangi tadbirlarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qilmoqchiman.
Jinoyatlarning oldini olish, viloyatda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
Shu maqsadda, mahallalardagi aholi gavjum joylar va koʻchalarga 200 ta, koʻp qavatli uylarning hovlilariga 4 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 44 ta, savdo markazlari va bozorlarga 46 ta, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari kirish — chiqish joylariga 24 ta, maktablarning ochiq sport maydonlariga 12 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar oʻrnatildi.
Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi 221 ta xonadonlar texnik qoʻriql
oviga olindi, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari oldiga 7 ta tashvish tugmalari oʻrnatildi.
Shu kabi, mahallalarda 48 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” va 25ta “namunaviy xavfsiz koʻcha”lar tashkil etildi.
Natijada, mazkur vositalar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha shaxslarni tezkorlik bilan izlab topish hamda jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarni belgilash, kunlik soʻrov va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birgalikda, tergov sifati yanada oshirish boʻyicha alohida nazorat oʻrnatildi, bu jarayonlarda inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qaysi idorada boʻlmasin, har bir tekshiruv hamda tergov ishi prokuraturaning kundalik va qatʼiy nazoratida boʻladi.
Bundan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat va nodavlat tuzilmalari, hokimliklar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz, jamiyatning barcha qatlamlari salohiyatini birlashtirish yoʻlidan boramiz.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishning barcha choralarini koʻramiz.
Aziz Chustlikklar!
Albatta, tumanda jinoyatchilik va korrursiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
Agarda har bir fuqaro viloyatimizni jinoyatdan, korrupsiyadan holi, tinch va xavfsiz oʻlkaga aylantirishga oʻz hissasini qoʻshsa, barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, birgalikda kurashsak koʻzlangan maqsadga albatta erishamiz.
Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz xushyorlikni oshirishimiz, shubhali internet ilovalariga kirmaslik, notanish shaxslarga hisob raqamlar va tasdiqlash kodlarini bermaslik, mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi haqida yana bir bor ogohlantirib oʻtmoqchiman.
Qonunlarga qatʼiy rioya etish, oʻzgalar huquqi, shaʼni va qadr qimmatini, mol — mulki daxlsizligini hurmat qilish, oila mustahkamligini taʼminlash, jamiyatda yurish — turish qoidalariga rioya qilish, ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini ham doimo yodda tutishimiz zarur.
Aziz tumandoshlar, keling, barchamiz shu yoʻlda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh boʻlib, qonun ustuvor, adolat hukmron boʻlgan jamiyatni birgalikda barpoetaylik !
Chust tuman prokurori X.U.Xakimov