22 Avgust 2025 yil 112

Chortoq tumanidagi mahallalarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi

Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlardagi “qizil” toifadagi hamda PQ-1-son Qarori ijrosi natijasida kriminogen vaziyat barqarorlashgan mahallalarda muntazam o‘rganishlar tashkil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Namangan viloyati IIB boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning Chortoq tumanidagi “Saroy”, “Qoramurt”, “Gulshan” va “Oromgoh” mahallalarida o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganishlari davomida yettiliklarning faoliyati chuqur tahlil qilindi. Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilinib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman IIB xodimlarining joriy yil davomida amalga oshirgan ishlari o‘rganilib, sohaviy xizmat rahbarlariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech