7 Oktyabr 2025 yil 50

Chortoq tumanida ichki ishlar bo‘limi xodimlarining aholi tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash borasidagi tungi faoliyati o‘rganildi

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha kunu tun xizmat faoliyati amalga oshirilmoqda.

Ushbu xizmat samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan hududlarda doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib borilib, joylardagi faoliyatga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlarining tungi vaqtlarda jinoyatlarning oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyati ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumanning markaziy ko‘chalarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, tungi xizmatni samarali tashkil etish, aholi tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, masʼul rahbarlarga serqatnov ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, haydovchi va piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech