15 Oktyabr 2025 yil 45

Chortoq tuman IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

Assalomu aleykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!

Joriy yilda, tuman hududida jamoat havfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar ko‘rildi.

Hurmatli Prezidetimiz tomonilaridan respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bunda ichki ishlar organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.

Shundan kelib chiqqan holda o‘tgan davr mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 982 ta siyosiy va ommaviy va madaniy tadbirlar davrida jamoat xavfsizligi to‘liq taʼminlandi.

Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha mutloqo yangicha ishlash tizimi joriy etildi.

So‘ngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor qaratib kelinmoqda.

Mahallalarda mavjud muammolarni, joyida manzilli xal etish uchun, ijtimoiy profilaktika tizimi yo‘lga qo‘yildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 3 830 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mahalla faollari tomonidan 1 787 nafar shaxslarni muammolari ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Jumladan,

- 287 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,

- 192 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,

- 51 nafar og‘ir ahvoldagi ayollarga yordamlar ko‘rsatildi,

- 55 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi, 

- 13 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarga ijtimoiy moslashtirildi,

- 36 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga yo‘naltirildi,

- 5 nafar ko‘makka muhtoj og‘ir toifadagi yoshlarning muammolari hal etildi,

- 22 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi,

- 1 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar sog‘lom hayotga qaytarildi,

- 51 ta og‘ir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi,

- 33 nafar keksa va yolg‘iz yashovchi shaxslarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi,

- 62 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha qichqacha axborot bersam.

Joriy yilda, huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 78 marotaba tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 162 ta jinoyatlar fosh etishga erishildi.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 9,0 foizga yaʼni 167 tadan 152 taga -15 ta,

- aniqlanadigan jinoyatlar 31,3 foizga yaʼni 67 tadan 88 taga, +21 ta ko‘p aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Tumanimizdagi 57 ta mahallalardan 22 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

Jinoyatlarning eng ko‘p sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga to‘htalib o‘tsam.

O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha:

Joriy yilda tuman hududida 55 ta o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etildi.

Mazkur jinoyatlarni tahlil qilganimizda,

-20 tasi xonadonlarda,

-4 tasi savdo yoki hizmat ko‘rsatish obyektlarida,

-2 tasi avtomashinalarda,

-14 tasi hayvon o‘g‘irliklari,

-8 tasi telefon o‘g‘irliklari,

-1 tasi velosoped o‘g‘irliklari,

-19 tasi boshqa turdagi o‘g‘irliklarni tashkil qilgan.

Bundan ko‘rinmoqdaki, o‘g‘irlik jinoyatini kelib chiqishiga o‘zimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot bo‘lmay harakatlanishimiz oqibatida jinoyatchilarga zamin yaratib berilayotganli ko‘rinmoqda.

Oddiy holatlarda, chorva mollarini dala va dashtlarga qarovsiz qoldirib, beparvo bo‘layotganligimiz oqibatida ham ko‘plab jinoyatlar sodir etilmoqda.

Shuningdek, firibgarlik jinoyati bo‘yicha:

Joriy yilda tuman hududida 21 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishi, “o‘zaro lavz” hamda “o‘zaro ishonch” va “tanish-bilish” tushunchalari asosida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.

Yuqoridagi holatlardan ko‘rinmoqdagi, fuqarolarimizning o‘zlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanib qolmoqdalar.

Aziz tumanimiz fuqarolari,

Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 18-mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan o‘quvchilar o‘rtasida qonunbuzilish va boshqa ko‘rinishdagi hulq og‘ishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kabi vazifalar yuklatildi.

Aziz tumanimiz ahli,

Voyaga yetmagan farzandlarimizning maʼnaviy- maʼrifiy saviyasini oshirish, bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalarini birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil etsak, oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishamiz.

Aziz tumanimiz fuqarolari,

Barchamiz jinoyat sodir etilganda keyin emas, uni avvaldan oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.

Bugungi kunda tumanimizdagi barcha mahallalarida profilaktika inspektorlari bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina   davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiblik bo‘lsak, tuman hududida jamoat xafsizligi ishonchi taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Chortoq tuman IIB boshlig‘i M.Nuʼmanov

Text to speech