Cho‘ntakdan topilgan “Gashish”
2022 yil 14 aprel' kuni shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan “Avtosaltanat” binosi oldida shubxali xatti-harakatlar sodir etgan, fuqaroning yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining chap old cho‘ntagidan sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir xidli, qoramtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1.19 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 23 aprel' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati