Cho‘ntakdan o‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi.
2020 yil 5 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Chorsu MFY Chorsu bozorida ketayotgan vaqtda cho‘ntagidan narxi 1.700.000 so‘mlik “SAMSUNG-10S” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2020 yil may oyida O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati