15 Yanvar 2021 yil 437

Cho‘ntakdan “Marixuana” topildi.

Joriy yil 7 yanvar' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan tumanida yashovchi fuqaro Namangan shahar Davlatobod tumani hududida shubxali xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, yonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining o‘ng cho‘ntagidan sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 16,81 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech