Chegarani buzib o‘tgan shaxslar odam savdosi bilan jabrlanganliklari aniqlandi.
2021 yil 12 yanvar' kuni olib borilgan filtr-so‘rov tadbirlari davomida, Namangan viloyat IIB TEQKB bo‘lim boshlig‘i, tezkor vakil, Uchqo‘rg‘on tuman IIB TEQKB katta tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Ucho‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro 2020 yilning sentyabr' oyidan dekabr' oyiga qadar, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan hamda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqarolarni Qirg‘iziston Respublikasida qurilish ishlarida ish borligini aytib, har oyiga 500 AQSh dollaridan berilishini va'da qilib, ishlash uchun ruxsatnoma qilib berishini aytib, fuqarolik pasportlarini olib qo‘yib qaytarib bermasdan, shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan “Melis” ismli qirg‘iz millatiga mansub shaxs bilan og‘ir mehnat sharoitida majburiy ravishda ishlatib, pul bermay, ularni erkini cheklab, ketish niyatlari borlarini urib do‘pposlagan.
Natijada, 2020 yilning 27 oktyabr' kuni hamda 2020 yilning 31 dekabr' kunlari u yerda 4 oy ishlab, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va pulsiz Qirg‘iziston Respublikasi Novkent tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Andijon viloyati Izboskan tumani Chek MFY hududidagi aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda davlat chegarasini buzib o‘tishga majbur bo‘lganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 yanvar' kuni O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati