3 Sentyabr 2023 yil 2120

Bugun, Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi

Unda, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, tashkilotlar hamda aholi vakillaridan iborat 4.500 nafardan oshiq ishtirokchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar Namangan shahridagi “Grand Sherdor” mehmonxonasi oldidan "Uch favvora" xiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdilar.

Marafon so‘nggida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech