Bozordagi o‘g‘ri ayollar qo‘lga olindi.
Shu yil 5 fevral' kuni Chust shahrida yashovchi yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs kiyim kechak do‘konidan 300.000 pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi hamda HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 3 nafar ayol sodir etganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari ushbu ayollar o‘zaro til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kuni soat 11:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, boshqa kiyim kechak do‘konidan 2.000.000 so‘m pullarini hamda shu kuni soat 12:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yoyma rastasidan 4-5 o‘ramdagi paypoqlarini o‘g‘irlab ketganliklari ham aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati