4 Dekabr 2020 yil 1004

Bozordagi holat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki ishlar xodimlari ayollarga qarshi nega kuch ishlatdi?” sarlavhasi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Ushbu kuni xizmatga jalb etilgan soliq organi xodimlari tomonidan tugatilgan eski “Dexqon bozori” xududida noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar karantin va savdo qoidalariga amal qilishlari yuzasidan ogoxlantirilganda 1966 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan ayol hamda uning qizi xizmatga jalb etilgan xodimlarni og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, ularning qonuniy talablarini bajarmagan. Shundan so‘ng ushbu fuqarolardan sodir bo‘layotgan huquqbuzarlik xolatini to‘xtatish so‘ralganda, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, tuman IIB binosiga kelishdan bosh tortishgan. Ushbu fuqarolar sodir etgan xukukbuzarliklari yuzasidan, tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ushbu videolavhada real voqealar fuqarolar tomonidan voqea yuzasidan aholining e'tiroziga sababchi bo‘ladigan holatga keltirilib ommaga taqdim etilishiga erishilgan. Aslida bo‘lib o‘tgan holatda IIO xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmagan.

Biroq, shunday bo‘lsada ayni paytda ushbu xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech