22 Aprel 2023 yil 406

Bozorda o‘g‘irlik sodir etgan fuqarolar PPX xodimlari tomonidan aniqlandi.

2023 yil 18 aprel kuni soat 09:30 larda Namangan shahrida yashovchi ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:30larda Namangan shahar “Chorsu" dehqon bozori oldida joylashgan savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida uni eʼtiborsizligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, rastasi ustida bo‘lgan umumiy narxi 900.000 so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX JTSB PPXB 2-otryad safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, mavsumiy ishchi, sudlanmagan, fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

xuddi shu kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro ham ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:30 larda Namangan shahar “Chorsu” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida uni eʼtiborsizligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, rasta ustida bo‘lgan umumiy narxi 400.000 so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan shahar IIO FMB PPXG safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu ikki holat bo‘yicha hozirda shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat

ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech