17 Iyul 2021 yil 383

Bozorda o‘g‘irlik qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shu yil 13 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda, Yangiqo‘rg‘on tumani Madaniyat mahallasida joylashgan “Zarkent dehqon bozori”da savdo qilib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, qo‘lida bo‘lgan sumkasidan 130.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB 5-sonli IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni,

Namangan shahrida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech