Bozorda o‘g‘irlik qilgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Joriy yil 4 fevral' kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib shu yil 2 fevral' kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Xo‘jand” dehqon bozorida bozor qilib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, egnidagi jemferining chap cho‘ntagida bo‘lgan jami 1.950.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
To‘raqo‘rg‘on tumani IIB JQB tekor vakillari va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan ayol kishi sodir etganligi aniqlanib undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati