Bozorda bilaguzuk yo‘qoldi.
2021 yil 12 avgust kuni, Andijon viloyatida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 avgust kuni soat 15:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan tilla buyum bozorida savdo qilayotgan vaqtida rasta ustiga qarovsiz qoldirgan sumkasidagi narxi 4.000.000 so‘mlik tilla bilak uzugini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati