18 May 2021 yil 189

Bozor hududida avtomashinangizni ochiq holda qoldirmang!

Joriy yil 8 may kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Dexqon bozori” oldida M-412 rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinadan narxi 600.000 so‘mlik akkumulyatorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech