BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI
Viloyat ichki ishlar boshqarmasida muntazam ravishda ma'naviyat va ma'rifat darslari tashkil etib kelinmoqda. Bu galgi mashg‘ulotlar "Boshqaruv psixologiyasi" deb nomlanib, unda Namangan Davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakul'teti dosent vazifasini bajaruvchi Zarifaxon Qurbonovaning aynan shu mavzudagi ma'ruzasi tinglandi.
Ichki ishlar organlari tizimida boshqaruv psixologiyasi o‘z predmetidan kelib chiqib, rahbar faoliyatini tahlil qilganda, asosiy e'tiborni uning boshqaruv faoliyatiga qobiliyati bormi yoki yo‘qmi, individual xususiyatlariga ko‘ra jamoani boshqara oladimi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta'sir ko‘rsatish maqsadida qanday ta'sir usullarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.
Rahbarning jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta'siri, xodimlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga keltirishdagi roli bevosita psixologik bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ichki ishlar organlari jamoasini boshqarishda rahbardan real sharoitlarda xodimlarni aniq maqsad asosida faoliyatga yo‘llash, ularga bosh bo‘lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olish kabi ko‘plab sifatlar talab qilinadi.
So‘nggi vaqtlarda psixologik tayyorgarlikni tashkil etishda kasbiy psixologik treningdan foydalanish ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kasbiy-psixologik trening rahbar xodim shaxsining kasbiy muhim xislatlarini samarali rivojlantirishga imkon beruvchi mashqlar tizimidir.
Mashg‘ulotlar qiziqarli tashkil etilib, unda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoboar oldilar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati