12 Avgust 2023 yil 396

Boshqa fuqaroning nomiga kredit olib pullarni ishlatib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023-yil 1-avgust kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2022-yil fevral oyida Chortoq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs uning  ishonchiga kirib, fuqaroning nomiga kredit olib, kreditlarni oyma-oy o‘zi to‘lashligini aytib, ATB “Xalq banki” Chortoq filialidan 20.000.000 so‘m kredit mablag‘larini olishga erishib, kreditlarni to‘lamasdan, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech