13 Dekabr 2021 yil 461

Bor mehrimiz senga bolajon!

Bizga ma'lumki, insonlar doimo yaxshiliklar qilishga intilib yashaydilar. Shunday ekan, biz donorlarni beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu niyatli insonlar deyishimiz mumkin. Sababi ular qonga muhtoj, minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi. Shu kabi ezgu amallar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan 2021 yil 13 dekabr kuni “Bor mehrimiz senga bolajon!” shiori ostida amalga oshirildi. Tadbir Respublika Qon quyish markazi Namangan viloyati filiali shifokorlari ishtirokida o‘tkazildi. Shu kuni harbiy xizmatchilar o‘z ixtiyorlari bilan qon va uning kompanentlariga muhtojlar uchun qon topshirishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech