18 Sentyabr 2020 yil 1388

Bolalarni do‘pposlayotgan “ustoz”ga qonuniy chora ko‘rildi.

Joriy yil 25 avgust kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor vakillari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro shu yil iyun' oyidan avgust oyiga qadar yashash uyida noqonuniy xujra tashkil qilib,
20 nafar voyaga yetmagan bolalarga doimiy ravishda diniy saboq berib, dars jarayoni vaqtida o‘quvchilarni muttasil ravishda qiynab, ularni yog‘och bo‘lagi, temir tayoq bilan urib do‘pposlab kelganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech