30 Aprel 2022 yil 468

Bolalar shifoxonasiga ishga joylashtirish evaziga 400 AQSh dollari pul talab qilgan shaxs hamkorlikdagi tadbirda qo‘lga olindi.

2022 yil 25 aprel kuni, Namangan shahar Davlatobod tumani Furqat MFY I.Karimov ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, Namangan shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida bir martalik ish bilan taʼminlash bo‘yicha mutaxassisi, uni ishonchiga kirib, bolalar shifoxonasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 400 AQSH dollarini talab qilayotganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni Namangan viloyat IIB JQB KIJQKB tezkor vakillari, TVBSO va EKB xodimlari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida joylash oshxona oldida gumonlanuvchi arizachidan 400 AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech