Bolalar aravachasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
2021 yil 8 noyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan bolalar kiyim do‘koni oldiga qarovsiz qoldirgan narxi 600.000 so‘mlik bolalar aravachasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati