Bolalar aravachasi o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi
2021 yil 13 oktyabr' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumanida qarovsiz qoldirilgan narxi
1.200.000 so‘mlik “Guchchi” nomli bolalar aravachasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB katta tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harkatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati