28 Yanvar 2021 yil 667

Bo‘lajak ofiserlarga amaliyot boshlandi.

IIV akademiyasining bitiruvchi kursantlariga egallagan nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun amaliyot jarayonlari boshlandi. Namangan viloyati IIB PPX va JTSB majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda bo‘lajak ofiserlarga amaliyot davrining tartib va talablari qat'iy tushuntirildi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari so‘zga chiqib, 57 nafar kursantlarning amaliyot davriga omad tilab, tizimning belgilangan tartib intizomlarini xurmat qilish va ularga bo‘ysunish lozimligini tushuntirib o‘tdi. Boshqarmaning 2021 yil 16 yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan boshqarma YHXB, 6-son TH, 6-son JIEK, Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB va tuman IIBlarining malakali xodimlari murabbiy sifatida biriktirilgan bo‘lib, bu borada xam murabbiylar kursantlarga amaliy bilimlari va ko‘nikmalarini shakllantirishlariga yordam berishlarini, kursantlarga xizmatdan tashqari topshiriqlar berilmasligini nazoratga olishni qat'iy ravishda tayinladi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan tizim vakillari xam bo‘lajak xodimlarning bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti davomida chiqarilgan ko‘rsatma va bo‘yruqda belgilangan talablarga og‘ishmay rioya etishlari lozimligini, har bir kursant biriktirilgan murabbiyi bilan birgalikda ish o‘rganishi qonunchilik, maxfiylik tartiboti, xizmat intizomi, shaxsiy xavfsizlik va kun tartibiga rioya qilishlarini, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishlari hamda har bir kelib tushgan murojaat yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar mazmun mohiyatini chuqur taxlil qilib o‘rganishlari borasida yo‘l yo‘riq va tavsiyalar berishdi.

Yig‘ilish yakunida kursantlarning ota-onalari so‘zga chiqib, o‘zlarining taklif va fikr mulohazalarini bildirishdi. O‘ylaymizki, bo‘lajak ofiserlar amaliyot davrida egallagan bilimlarini kelgusidagi faoliyatlarida yanada mustahkamlab, yuksak muvaffaqiyatlarga erishadilar.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech