5 Iyun 2025 yil
397
Bog‘ida taqiqlangan ekin parvarishlayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 17-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahri, “Sohil” mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan, fuqaro I.Mning Namangan tumani hududida joylashgan bog‘ida 73 tup “Nasha” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati