19 Aprel 2025 yil 511

Bog‘ida marixuana saqlayotgan fuqaro aniqlandi

2025-yil 15-aprel kuni “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Chust tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Chust tumanida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M o‘ziga tegishli bo‘lgan bog‘dagi shiyponida turgan kurtkasida 12,42 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech