Birovning xonadonidan pul o‘g‘irlagan yigit qo‘lga olindi.
Joriy yil 18 aprel' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 17 aprel' kuni soat 19:00 larda, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidagi shkaf ustida bo‘lgan 100 AQSh dollari va 242.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan voqea joyidan olingan 3 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKBdagi avtomatlashtirilgan daktiloskopik shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 2 donasi, Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisining o‘ng qo‘l bosh barmog‘i va o‘ng qo‘l jimjiloq barmoq izlariga mos kelishligi aniqlanib, shu yil 19 aprel' kuni tuman IIB HPB profilaktika inspektori G‘.Abdullajonov va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni ayni shu yigit sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuidagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati