Bir xonadonni ikki kishiga sotib pullarni ishlatib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022 yil 14 yanvar kuni, Namangan tumani Katta Toshbuloq MFYda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil noyabr oyida, Namangan tumani Kichik Toshbuloq MFYda yashovchi, mavsumiy 1989 yilda tug‘ilgan shaxs uni ishonchiga kirib, yashash xonadonini 6.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, 4.300 AQSH dollari va 500.000 so‘m pullarini olib, xonadonni bermay, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar uy-joy va mol-mulkingizni sotish bilan bog‘liq ishlarni notarial tartibda amalga oshirishingizni so‘rab qolamiz. Bu bilan siz turli firibgarlik holatlarini oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati