29 Iyul 2023 yil 214

Bir nechta jinoyatlarni sodir etgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

2023-yil 21-iyul kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida JKning 167-moddasi 2-Qismi, 228-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan, Uychi tumanida yashagan, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Uychi tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan ushlanib, 6-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech