18 Dekabr 2021 yil 381

Bir necha shaxslarni chuv tushirgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 17 noyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral' oyida, Chortoq tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, olti oyda qaytarib berishini aytib, aldab, 3.200 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Shuningdek, fuqaro shu yil mart oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, pullarini tez orada olib kelib berishi aytib, aldab, narxi 3.500.000 so‘mlik uyali telefon apparatlarini olib ketib, hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, fuqaro 2019 yilning ohirlarida, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, 10.000 AQSh dollarini olib, 8.000 AQSh dollarini berib, qolgan 2.000 AQSh dollarini 2021 yil mart oyida berishini aytib, aldab, pullarini bermaganligi, 2021 yil yoz oylarida, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, pullarini 10 kun ichida berishini aytib, aldab, umumiy narxi 573 AQSh dollari bo‘lgan 3 dona “Samsung A22” rusumli uyali telefon apparatlarini olib ketib, xozirgi kunga qadar pullarini bermaganligi 2021 yil aprel' oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, pullarini 10 kunda berishini aytib, umumiy narxi 329 AQSh dollar bo‘lgan 21 dona “Artel” rusumli uyali telefon apparatlarini olib, pullarini bermaganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech