Bir necha shaxslarni aldab, pulini olgan firibgarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2021 yil 11 sentyabr' kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil avgust oyida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, uning nomiga olingan 20.665.000 so‘mlik maishiy texnika mahsulotlari uchun kredit to‘lovlarini o‘zi to‘lab qo‘yishini aytib, aldab, Rossiya Federatsiyasida ishlovchi akasi tomonidan fuqaroni nomiga jo‘natilgan 1.700 AQSh dollarini olingan mahsulotlar uchun kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqaro o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021 yil sentyabr' oyida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayolni ishonchiga kirib, oylik kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishini aytib, aldab, uning nomiga do‘kondan jami 11.376.000 so‘mlik maishiy texnika mahsulotlari olib, oylik kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, ushbu mahsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy extiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Shuningdek, fuqaro 2021 yil avgust oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, oylik kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishini aytib, aldab, uning nomiga kredit do‘konidan jami 3.050.000 so‘mlik “SAMSUNG” rusumli televizorini olib, oylik kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, ushbu mahsulotlarni sotib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati