5 Avgust 2021 yil 366

Bir necha fuqarolarni aldagan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2021 yil 18 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil aprel' oyida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, arzon narxda yog‘ mahsulotlarini olib kelib berishini aytib, aldab, 17.000.000 so‘m pullarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Shuningdek, 1960 yilda tug‘ilgan ayol shu yil 8 fevral' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayolni ishonchiga kirib, arzon narxda shakar va yog‘ mahsulotlarini olib kelib berishini aytib, aldab, 2.500 AQSh dollari va 10.300.000 so‘m pullarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 1960 yilda tug‘ilgan ayol 2021 yil may oyida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan ayolni ishonchiga kirib, arzon narxda yog‘ maxsulotlarini olib kelib berishini aytib, aldab, 10.000.000 so‘m pullarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech