8 Iyul 2021 yil 376

Bir necha bor o‘g‘irlik qilgan fuqaro ushlandi.

2021 yil 5 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 5 iyul' kuni o‘ziga biriktirilgan Damas rusumli avtomashinasini Namangan shahar ko‘chasida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan narxi 6.000.000 so‘mlik “Samsung S10+” rusumli va narxi 100.000 so‘mlik  “Verizon” rusumli uyali telefon apparatlarini hamda narxi 100.000 so‘mlik 16 GB xotirali fleshkalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, shu yil 25 iyun' kuni soat 13:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni Jentra rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida qarovsiz holda qoldirganligidan foydalanib, avtomashina salonida bo‘lgan 6.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech