17 Iyul 2021 yil 444

Bir mushtning oqibati...

Joriy yil 27 iyun' kuni soat 20:00 larda, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sha'riy nikohdagi, 1979 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida, jabrlanuvchida ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘ng o‘pka pastki bo‘lagi lat yeyishi, o‘ng tomonlama chegaralangan gemopnevmotoraks, chap qo‘l tirsak sohasi shilinmasi, pastki jag‘, o‘ng yelka ko‘krak qafasi oldi sohasi chap yelka, chap oyoq tizza sohasi qontalash jarohatlari aniqlangan bo‘lib, og‘irlik darajasi bo‘yicha hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 iyul' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech