28 Yanvar 2021 yil 394

Bir haydovchining xatosi sabab ikkinchi haydovchi va qizi jarohat oldi.

Joriy yil 18 yanvar' kuni soat 00:15 larda Namangan shahar Porloq MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, Namangan shahar Davlatobod tumani hududidagi Tennis o‘yingohi qarshisida joylashgan chorrahadagi svetoforning ta'qiqlovchi ishorasida harakatni davom ettirib, qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Neksiya-2 haydovchisi o‘ng oyoq katta boldir suyagining yopiq sinishi va avtomashina salonida bo‘lgan haydovchining 13 yoshli qizi o‘ng ko‘z qovoq sohasi shilinma jarohati bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech