12 Oktyabr 2020 yil 593

Betonga urilgan avtomashina haydovchisi vafot etdi.

2020 yil 9 oktyabr' kuni soat 22:30 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 28 km.da, Pop tumani Uch-uyli MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro, Toshkent viloyatida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan VAZ-2103 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, yo‘lning qatnov qismi nam holatda bo‘lganligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan beton ariqqa urilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘shma shikasti, bosh miya og‘ir ochiq shikasti, chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech