Beton to‘siqqa urilgan avtomashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi
2022 yil 30 yanvar kuni soat 03:20 larda, Farg‘ona xalqa yo‘lining 34 km.da, Orom MFY hududida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini Namangan-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shu yil 1 fevral' kuni shifoxonada vafot etgan va uni birga yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan qizi peshona sohasi yirtilishi, chap oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan qiz bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ko‘krak qafasini ezilishi, o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 1 fevral kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati