22 Aprel 2022 yil 465

«Besh tashabbus» mahallalarda

Davlatobod tumani Davlatobod mahallasidagi 33 sonli maktabda “Besh tashabbus” harakati doirasida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari o‘zlarining bor isteʼdodlarini namoyish etishdi.

Tuman sektor rahbarlari va Davlatobod tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik U.Boyxanov, Namangan IIO FMB VE va YOO‘XPTEG katta inspektori mayor G.Obidova ishtirokida o‘tgan tadbir doirasida kitobxonlik, zakovat intellektual o‘yini, tasviriy sanʼat, musiqa, kibersport, shashka-shaxmat, arqon tortish, stol tennisi va gandbol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar va tashkilotchilar munosib taqdirlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech