2 Aprel 2022 yil 372

Besh muhim tashabbus doirasida maktab o‘quvchilari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Namangan shahar IIO FMB bilan hamkorlikda 31-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda Namangan viloyat IIB, XQMB katta inspektorlari, Namangan shahar IIO FMB XQMB katta inspektori hamda profilaktik inspektori ishtirok etdilar. O‘quvchilar beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarini mahoratlarini mehmonlarga ko‘rsatishdi.

 

Tadbirdan so‘ng o‘quvchilarga jinoyatchilik, huquqbuzarlik va erta turmushni oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, dolzarb mavzular yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan, o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarning g‘oliblari Namangan shahar IIO FMB boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech