28 Noyabr 2020 yil 462

Bemorning pullarini o‘margan shaxs ushlandi.

Shu yil 26 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojat qilib, shu kuni Namangan shahridagi xususiy shifoxonada davolanayotgan xonasiga soat 09:30 dan soat 09:50 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs kirib, xonada turgan kurtkasining chap cho‘ntagida bo‘lgan 1.700.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB TEQKB bo‘linma boshlig‘i, 3-sonli IIB JQB tezkor vakili va HPB inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari  natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech