8 Aprel 2021 yil 394

Bedarak yo‘qolgan qiz oilasi bag‘riga qaytarildi.

Joriy yil 6 aprel' kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad gurux komandiri ma'lumotiga asosan, Namangan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan, shu yil 1 aprel' kuni soat 06:00 larda, yashash uyidan o‘zi bilan birga fuqarolik pasporti, mavsumiy kiyimlari va parfyumeriya buyumlarini olib, hech kimga aytmasdan chiqib ketib, qaytib kelmay bedarak yo‘qolgan, 2000 yilda tug‘ilgan qiz Namangan shahridagi “Chorsu” dehqon bozori hududidan ushlanib, ota-onasiga topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech