15 Sentyabr 2020 yil 493

Bedarak yo‘qolgan qiz 3 kun o‘tib sog‘-salomat uyiga qaytarildi.

Joriy yilning 14 sentyabr' kuni IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 11 sentyabr' kuni soat 04:30 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmay, bedarak yo‘qolgan, Namangan tumanida yashovchi 19 yoshli qiz Namangan shahar Go‘zal mavzesida yurganligi aniqlanib, oila-a'zolariga topshirildi. Shunigdek, kelgusida bu kabi holat sodir bo‘lmasligi uchun qizning ota-onasi va o‘zi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech