Barmoq izlari o‘g‘rini fosh etdi
2023 yil 28 iyul kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasida joylashgan xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, xonada bo‘lgan narxi 6.500.000 so‘mlik konditsionerini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB EKB eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlari natijasida ushbu jinoyatni 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati