Barmoq izlari jinoyatni fosh etdi
2021 yil 1 dekabr' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 noyabr' kuni soat 13:30 larda noma'lum shaxs, Mingbuloq tumanida joylashgan “Paynet” shaxobchasida sumkasida bo‘lgan 500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mingbuloq tumani IIB EKB eksperti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda olingan 8 dona qo‘l barmoq izlari Namangan viloyati IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganda, 3 dona barmoq izlari, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroni o‘ng qo‘l bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati