1 May 2023 yil 804

Barmoq izlari orqali jinoyat fosh etildi

2023-yil 27-aprel kuni Norin tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 dan soat 13:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, yotoqxonasida boʻlgan narxi 1.000.000 soʻmlik “SЛ405” rusumli uyali telefon apparati va koʻrpa orasidagi 700 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketganligini ma’lum qilib, chora koʻrishni soʻragan. Tuman IIB EKB katta inspektori tomonidan voqea joyidan olingan 14 dona qoʻl barmoq izlari viloyat IIB EKMning avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida ushbu qoʻl barmoq izlaridan Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaroning qoʻl barmoq izlariga mos kelganligi aniqlangan.

Tuman IIB JQB va kinolog xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni yuqoridagi shaxs sodir etganligi o'z tasdig'ini topdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech