Barmoq izlari orqali jinoyat fosh etildi.
2023 yil 21 mart kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIB nomiga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 mart kuni soat 11:20 larda nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan 2.600 AQSH dollari va narxi 10.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 23 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan shahar IIO FMB EKB eksperti B.Akbarov tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida olingan qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganda, 2 dona qo‘l barmoq izlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroning qo‘l barmoqlariga mos ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng, tuman IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu fuqarodan daliliy ashyo sifatida xonadonda yo‘qolgan ikki dona kalitlar va tegishli ko‘rgazmalar olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.